2 668
Kapot ustida choy ichgan "GAI xodimi", uning "shofyori" qamoqqa, mashina esa jarima maydonchasiga jo‘natildi
2021 yil 6 fevral kuni internet tarmog‘ida tarqalgan videoda ichki ishlar organlari xodimining formasida bo‘lgan noma’lum shaxs avtotransport kapoti ustida harakatlangani aks etgan. Ma’lum qilamizki, mazkur videolavhani suratga tushirishda qatnashgan fuqarolarning shaxsi Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 18 yanvar kuni 24 yoshli Abdurahmon Z. tanishi 24 yoshli Alim K. bilan birga videolavha suratga olish niyatida do‘konlardan birida ichki ishlar organi xodimining formasini ijaraga olishgan, shuningdek, bozordan yo‘l-patrul xizmati xodimining jezliga o‘xshash jezl ham xarid qilishgan. Mazkur shaxslar tanishi 34 yoshli Otabek K.dan «VAZ-2106» (davlat raqami 10 G 603 SA) rusumli avtomobilni vaqtinchalik foydalanish niyatida olishgan, ammo uni boshqarishga huquqlari bo‘lmagan.
Shundan so‘ng Yunusobod tumani Turg‘unboyev ko‘chasi «Iftixor» mahallasida Alim K. ichki ishlar organi xodimining formasini kiygan holda qo‘lida jezl bilan avtomobil kapotiga yotgan. Shu tarzda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining obro‘ va sha’nlariga zarar yetkazuvchi videolavha suratga tushirilib, internet tarmog‘ida tarqatilgan.
Ikkala shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») va 209-1-moddasi («Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish») bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, Abdurahmon Z.ga nisbatan transport vositasini ishonchnomasiz boshqargani uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasi («Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi») bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil esa jarima maydonchasiga joylandi.
2021 yil 8 fevral kuni Yunusobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan Alim K. va Abdurahmon Z.larga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi