Bojxona xizmati xodimlari tomonidan mamlakatimizga xalqaro pochta va xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan ayovsiz kurash olib borilmoqda.
Jumladan,Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Niderlandiya davlatidan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro D.A. nomiga kelgan raqamsiz pochta jo‘natmasi shubha ostiga olinib, bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, konvert ichida shaffof polietilen paketga joylangan 10,04 gramm N-metil-3-4-metilendioksiamfetamin giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Navbatdagi holatda esa, mazkur davlatdan yana bir fuqaro K.A. nomiga kelgan pochta jo‘natmasida umumiy og‘irligi 57,1 grammni tashkil etuvchi 98 dona tabletka ko‘ri nishidagi, mayda toshchalar va kukunsimon ko‘rinishdagi moddalardan iborat “MDMA” nomli giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi