23:53 / 11.02.2021
2 314

Prezident ichki ishlar tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident ichki ishlar tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
12 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, kuch ishlatar tizimlar, barcha vazirlar va hokimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda. Kun.uz nashrining xabar berishicha, davlat rahbari kun tartibidagi asosiy masala sifatida ichki ishlar tizimini isloh etish deb belgilagan.

Prezident 10 fevral kuni 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda ham ichki ishlar tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi, bu yig‘ilishga anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rilayotgani, masala nihoyatda muhimligi, har bir rahbar, har bir hokim uni chuqur anglab yetishi kerakligi haqida aytib o‘tgandi.

«Albatta ichki ishlar tizimida ko‘plab fidoyi xodimlar ishlashadi. Ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘ramiz. Bu xodimlarning maoshini ko‘paytirish masalasini ham muhokama qilamiz. Barcha hokimlar shu yerga [poytaxtga, yig‘ilishda bevosita ishtirok etishga] kelishadi va ko‘rib chiqiladigan masalalar mohiyatini anglab yetmagunlaricha qaytib ketishmaydi. Mahallabay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart», degandi prezident.

Davlat rahbari Farg‘ona viloyatiga safari davomida ham Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga to‘satdan tashrifi xulosalari haqida so‘zlarkan, u yerda faoliyat olib borayotgan uchastka nozirlari misolida gapirgandi.

«Bosh vazirga topshiriq – mahalla raislari va uchastka nozirlarini hokimiyatga majlisga chaqirish qat’iyan taqiqlanadi. Bu «uchastkovoy»larga boshliq bo‘lmagan odamning o‘zi yo‘q ekan. Ichki ishlar tizimi masalasini o‘zi yaqin orada alohida ko‘rib chiqamiz», degandi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident ichki ishlar tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi