2 034
«Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch...» — Ruslanbek Davletov ayrim an’analar haqida
15 fevral kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jurnalist va blogerlar ishtirokida hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan an’analar haqida gapirdi.
«Bizda shunday odat borki, yangi rahbar ishga kelganidan keyin darrov o‘z xonasini yoki tashkilot binosini ta’mirlashdan boshlaydi, katta-katta pullarni xarajat qiladi. Mana, xizmat mashinalarining xarajati bo‘yicha qanday muammolar tug‘ilyapti.
Chet elga yoki viloyatlarga qilingan safarlarning u yerdagi xarajatlarini kim qoplaydi? Bizning qadriyatlarimiz, qandaydir an’analarimiz borki, mehmondo‘stlik deymiz, boshqa deymiz. Sovg‘alar berishni juda yaxshi ko‘rishadi bizdagi insonlar.
Yangi yil bo‘lsa, hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Bu yil ham xuddi shuni kuzatdik. Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch keladi, hamma yoqda shu jarayon bo‘lib ketadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, milliy an’analar jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qilarkan, bu an’analardan, albatta, voz kechish kerak. Rivojlanishga ta’sir qilyaptimi, yillar davomida shakllangan an’anami, baribir voz kechishimiz kerak», — dedi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?