2021 yil 13 fevral kuni soat 03:00larda noma’lum shaxslar Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar “Fayzli” mahallasi Ma’rifat ko‘chasida joylashgan 20 yoshli Nozima Yu.ning yashash xonadoniga devordan oshish yo‘li bilan kirgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yuzlariga niqob va qo‘llariga rezina qo‘lqop kiygan holda Nozima Yu.ni hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, yuz qismiga bir marotaba urib, og‘zini skotch yordamida berkitib, qo‘shni yotoqxonada uxlab yotgan homilador, 25 yoshli Yulduz D.ning qo‘llarini skotch yordamida bog‘lab, Nozima Yu. va Yulduz D.ga tegishli jami 1 320 AQSH dollari qiymatidagi qimmatbaho buyumlarni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Zangiota tumani Zangiota va O‘rtaovul mahallalarida yashovchi 26 yoshli Qodirbek T., 33 yoshli Lutfilla F., 24 yoshli Husan S., 24 yoshli Doniyor T., va 23 yoshli Abdukarim A. sodir etganliklari aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Qodirbek T., Lutfilla F., Husan S., Doniyor T., va Abdukarim A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Buxoroda issiq asfalt ortilgan yuk mashinasi 33 yoshli erkak ustiga ag‘darildi

Koson hokimi o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda muloqot qildi (video)

Buxoroda o‘g‘rilik qilishiga xalal bergan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan ayol qo‘lga olindi

Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi?

«Toshkent city»da 90 metr balandlikdan turib kran boshqarayotgan qizni bilasizmi ? (video)

Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan