Foto: Haberler
Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada muxolifatchi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) a’zolari Gurbuz Sevilay va Tamer Avji qo‘lga olinib, Turkiyaga olib kelingani ma’lum qilindi. Bu haqda Haberler nashri xabar berdi.
Qo‘lga olingan qochoq «fetochilar» Iroq va Suriyadagi terrorchi tashkilot YPG/PYD-PKKlarga o‘q-dori, raketa, antidron, radar tizimi kabi uskunalar bilan ta’minlashda ishtirok etgani aytilmoqda.
Turkiya mudofaa sanoatida ishlagan Gurbuz Sevilay 2016 yilgi davlat to‘ntarishidan keyin lavozimidan ozod qilingan.
Gurbuz Sevilay O‘zbekistondan turib FETO a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatib kelgan. U Turkiyada davlat tashkilotlariga sizdirilgan tashkilot a’zolarining iltimosi bilan xorijdagi noqonuniy savdolarni amalga oshirgan. Buni Ukraina va Qirg‘izistonda ochgan firmalari orqali amalga oshirgani aniqlangan. Tamer Avji esa tashkilotga yangi a’zolar topish va ularni joylashtirish bilan shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016 yilning 16 iyuliga o‘tar kechasi isyonchilar harbiy davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbul shaharlarida bo‘lib o‘tgan: 250 dan ortiq fuqaro halok bo‘lgan, ikki mingdan ortiq odam jarohat olgan. Isyon bostirilgan.
Keyinroq Turkiyada 50 mingdan ortiq odam hibsga olingan, 160 mingdan ortiq davlat xizmatchisi, shu jumladan, harbiylar ishdan bo‘shatilgan yoki chetlatilgan.
Turkiya hukumati FЕTO muxolifat tashkiloti yetakchisi Fathulloh Gulenni davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda ayblagan. AQSHda yashaydigan Gulenning o‘zi esa davlat to‘ntarishini qoralagan va ayblovlarni rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi