715
Yangiyo‘lda homilador ayolni bog‘lab qo‘yib, bosqinchilik uyushtirgan 5 kishi qo‘lga olindi

Foto: IIV Tergov departamenti
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 20 yoshli qizning uyida bosqinchilik qilgan besh kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 13 fevral kuni soat 03:00 larda noma’lum shaxslar Yangiyo‘l shahar, Ma’rifat ko‘chasida joylashgan 20 yoshli qiz N.Y.ning uyiga devordan oshish yo‘li bilan kirgan. Ular yuzlariga niqob va qo‘llariga rezina qo‘lqop kiygan holda qizni zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, yuz qismiga bir marotaba urib, og‘zini skotch bilan berkitgan. Qo‘shni yotoqxonada uxlab yotgan homilador 25 yoshli ayol Y.D.ning ham qo‘llarini skotch yordamida bog‘lab qo‘ygan.
![]()
Foto: IIV Tergov departamenti
So‘ng ushbu ayollarga tegishli jami 1320 dollarlik qimmatbaho buyumlarni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.
![]()
Foto: IIV Tergov departamenti
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Zangiota tumani, «Zangiota» va «O‘rtaovul» mahallalarida yashovchi 26 yoshli Q.T., 33 yoshli L.F., 24 yoshli X.S., 24 yoshli D.T. va 23 yoshli A.A. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koson hokimi o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda muloqot qildi (video)

Buxoroda o‘g‘rilik qilishiga xalal bergan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan ayol qo‘lga olindi

Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan

Oqqo‘rg‘onda sug‘urta kompaniyasi va bank a’zolaridan iborat jinoiy guruh fosh qilindi