20:43 / 17.02.2021
1 469

MIB yana bir oilaning tiklanishiga hissa qo‘shdi

MIB yana bir oilaning tiklanishiga hissa qo‘shdi
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 05.10.2020 yildagi qaroriga asosan qarzdor G.Mirsaburovdan undiruvchi Sh.Annakulovaning ikki nafar voyaga yetmagan farzdadlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 07.10.2020 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha 07.10.2020 yil kuni bo‘lim davlat ijrochisi J.Akramov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qarzdorga qaror nusxasi pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor otaga bo‘lim davlat ijrochisi J.Akramov tomonidan aliment pullarini undirishdan tashqari bir necha bor targ‘ibot tadbirlari davomida oilani tiklash borasida profilaktik tushuntirishlar natijasida hozirda ajrimdagi oila tiklanib, ikki nafar farzandi bilan tinch totuvlikda hozirda yashab kelishmoqda.

MIB yana bir oilaning tiklanishiga hissa qo‘shib, mazkur aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjati tamomlanishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB yana bir oilaning tiklanishiga hissa qo‘shdi