21:48 / 17.02.2021
1 535

Eski transformatorlarni “yangi” deb olib kirishga urinish rejasi amalga oshmadi

Eski transformatorlarni “yangi” deb olib kirishga urinish rejasi amalga oshmadi
Bojxona organlari tomonidan bojxona chegaralari orqali tovar- moddiy boyliklarning noqonuniy kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirg‘ali” bojxona posti xodimlari bojxona postiga keltirilgan 16 dona transformator va uning ehtiyot kismlarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, qiymati 67 mln. so‘mlik transformatorlar bojxona yuk deklaratsiyasi va yul yuk kuzatuv hujjatlarida “yangi” deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, aslida muqaddam foydalanishda bo‘lganligi, ularning texnik ko‘rsatkichlari qayd kilingan yorliqlari qo‘lbola usulda yopishtirilganligi, shuningdek, ishlab chiqarilgan mamlakat tomonidan qo‘yilgan eski yorliq izlari mavjudligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iktisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qaroriga asosan 2019 yil 1 sentyabrdan ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eski transformatorlarni “yangi” deb olib kirishga urinish rejasi amalga oshmadi