Prezident korteji notekis yo‘llardan yurib, Namangan shahridagi «Bunyodkor» mahallasiga borib to‘xtagani ma’lum qilindi.
Bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid. Ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan. Mahalla idorasining o‘zi ham harob, bino orqasida chiqindilar yotibdi.
Davlat rahbari mahalla raisi va maslahatchisi bilan muloqotda bo‘ldi, deb yozadi prezident matbuot xizmati.
«Sizlar odamlarni uyushtirishingiz, boshqalarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Shu mahallaning egasi-ku sizlar! Mo‘min-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa bo‘ladimi? Chiqindini tozalatib qo‘ysa bo‘ladimi? Devorni oqlasa bo‘ladimi? Shunga ko‘p narsa kerakmi? Biz mahallaga shuncha e’tibor qaratyapmiz, katta vakolatlar beryapmiz. Bu holatda qanday islohotchi bo‘lasizlar, odamlarni qanday ergashtirasizlar?» — deya savollar qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga ham tanbeh berdi.
«Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz», — dedi davlat rahbari.
Shu yerga to‘plangan aholi bilan ham muloqot bo‘ldi. Nuroniylardan biri mahallada ichimlik suvi, tabiiy gaz, ishlab chiqarish korxonasi yo‘qligini, yo‘llar ta’mirga muhtojligini aytdi.
«Men shuning uchun kelganman», — dedi Prezident.
Mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berildi, deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi