11:34 / 23.02.2021
1 517

Bu yil O‘zbekistonda 11ta yangi GES quriladi

Bu yil O‘zbekistonda 11ta yangi GES quriladi
2017 yil may oyida 2017–2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish dasturi qabul qilangandi. Bu dasturga jami 3,4 milliard dollarlik 65 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, shundan 34 tasi yangi quvvatlar tashkil etish, 31 tasi mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Rasmiy relizga ko‘ra, bugungi kunda 1 100 megavattlik 12 ta loyiha ishga tushirilgan. 950 megavattlik yana 20 ta loyiha yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.

2021 yilda umumiy qiymati 1 milliard 420 million dollar bo‘lgan 16 ta loyiha rejalashtirilgan. Xususan, 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilib, 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi.

Qolgan 5 ta loyihaga ko‘ra, mavjud stansiyalar modernizatsiya qilinib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaytiriladi. Taqdimotda sohani transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil O‘zbekistonda 11ta yangi GES quriladi