«Neksiya»dagi tramadol manzilga yetib bormadi

«Neksiya»dagi tramadol manzilga yetib bormadi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli yengil avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada mazkur avtotransport vositasining salon qismida jami 8 dona umumiy hajmi 16 ml. bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida muomalasi cheklangan tramadol giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar