Bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri davlat budjetining daromadlar qismiga bojxona to‘lovlarini to‘liq va o‘z vaqtida tushirishdan iborat. Lekin ayrim nohalol tadbirkorlar tomonidan davlat budjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik niyatida import qilinayotgan tovarlarni hujjatlarda kamaytirib yoki umuman ko‘rsatmaslik holatlari uchrab turibdi.
Bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda o‘tkaziladigan tahlil ishlari natijasida bojxona qonunbuzilish holatlari o‘z vaqtida aniqlanmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari "Marg‘ilon" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida joylashgan korxona nomiga xorijdan olib kelingan tovarlarni o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Bojxona ko‘rigi natijasida mazkur konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, qiymati 365,9 million so‘mlik 676 dona avtomobil shinalari tovarlari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"