19:09 / 23.02.2021
1 161

Kosmetika vositalarini yashirincha olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi

Kosmetika vositalarini yashirincha olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi
Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Buxoro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro B.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 2 xil turdagi, kosmetika faoliyatida ishlatiladigan jami 293 dona tatuirovka igna tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kosmetika vositalarini yashirincha olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi