
Bojxona xizmati xodimlari tomonidan mamlakatimizga xalqaro pochta va xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelayotgan giyohvandlik vositalariga nisbatan ayovsiz kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya davlatidan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro nomiga kelgan sariq konvertdagi pochta jo‘natmasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda,unda 56,26 gramm og‘irlikdagi sariq rangli kristalsimon modda MDMA(N-metil-3-4-metilendioksiamfetamen) giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Navbatdagi holatda esa, mazkur davlatdan yana bir fuqaro nomiga kelgan pochta jo‘natmasidagi sariq rangli kristalsimon modda 55,46 gramm MDMA (N-metil-3-4-metilendioksiamfetamen) giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar