Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB aholidan spa-salonlar bo‘yicha kelib tushayotgan shikoyatlar soni ortgani haqida ma’lum qildi. Unda mazkur muassasalarda fohishaxonalar mavjudligidan arz qilingan.
Yakkasaroy tumanida 23—24 fevral kunlari o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida bir qator spa-salonlar faoliyati tekshirilgan va qo‘shimcha xizmatlar taklif qilinayotgani bilan bog‘liq faktlar aniqlangan.
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor mayor Munisa Abdurahmonovaning aytishicha, spa-salon ochgan tadbirkorlar odatda uning faoliyatida qatnashmasdan, mas’uliyatni menejerlarga yuklaydi. Natijada mas’ul shaxsda noqonuniy xizmatlar tashkil etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Salon egasi uchun esa ichki ishlar organlari xodimlarining tashrifi kutilmagan yangilikka bo‘ldi.
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha spa-salonlar xodimlari va rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Toshkent shahar IIBB xodimlari intim xarakterga ega noqonuniy xizmatlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgani haqida ogohlantirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi