Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning respublikamiz hududiga noqonuniy kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora-tabdirlar muntazam davom etirilmoqda.
Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari bir qator huquqbuzarlik holatlarini fosh etishdi.
Xususan, xorijdan Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga yuk konteynerida keltirilgan asbob-uskuna va xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, konteynerlarda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 587 mln. so‘mlik 2 turdagi maishiy buyumlar borligi aniqlandi.
Navbatdagi holatda esa, post xodimlari tomonidan Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteynerini ko‘zdan kechirish davomida hujjatlarda qayd etilmagan 117 mln. so‘mlik 5 turdagi “tele-radio ehtiyot qismlari“ hamda 4 turdagi 311 mln. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi yana bir korxonaga nomiga keltirilgan tovarlarni ko‘zdan kechirish davomida yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 586 mln. so‘mlik 8,5 tonna og‘irlikdagi sun’iy terilar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi