2 436
Farg‘onada dugonasining suratlarini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmaslik uchun 1,5 ming dollar talab qilgan qizlar ushlandi
Farg‘onada dugonasining sir saqlanishi lozim bo‘lgan foto va videolarini uning turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatish orqali qo‘rqitib, pul talab qilgan qiz qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 fevral kuni Farg‘ona shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga 23 yoshli M.F. ariza bilan murojaat qilgan. Arizada ayolning 23 yoshli Z.Q. ismli dugonasi sir saqlanishi lozim bo‘lgan foto va videotasvirlarni uning turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmasligi evaziga 1500 dollar talab qilayotgani qayd etilgan.
Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Farg‘ona shahrida joylashgan «555» nomli kafeda Z.Q. va 21 yoshli M.I. tovlamachilik yo‘li bilan M.F.dan 1500 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qizlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”