10:50 / 01.03.2021
1 926

Jalaquduqda qarzdorlik uchun to‘yxona xatlandi

Jalaquduqda qarzdorlik uchun to‘yxona xatlandi
Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 26.11.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “BUNYODKOR HAMKOR INVEST” MCHJ hisobidan TIF Milliy bank Andijon viloyati bo‘limi foydasiga kreditdan bo‘lgan 1 mlrd. 125 mln. so‘m qarzdorlikni undirish va undiruvni garovdagi mol-mulklarga qaratish belgilangan.

Sud hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida jamiyat tasarrufidagi Jalaquduq tumani, Oyim SHFY, Nodirabegim ko‘chasida joylashgan to‘yxona va unga tutash bo‘lgan savdo do‘konlari xatlanib, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jalaquduqda qarzdorlik uchun to‘yxona xatlandi