1 415
Behzod Musayev boshchiligida ijtimoiy sohadagi natijalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun Toshkentda Elektron ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari o‘rtasida parlament Qonunchilik palatasi deputatlari va yoshlarning O‘zbekiston hukumati a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Davlat sektori vakillari va rahbarlar guruhini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Begzod Musayev boshqardi.
Muloqot davomida jurnalistlar va hukumat vakillari ijtimoiy sohadagi islohotlarning samaradorligi masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvdan ayrim tezislar:
- 2017-2020 yillarda ijtimoiy sohaga 188,8 trillion so‘m (22 milliard AQSH dollari) ajratildi;
- “COVID-19”ga chalingan kasallarni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar, karantin majmualari va zamonaviy laboratoriyalarni zudlik bilan qurish uchun 96 million dollar miqdoridagi mablag‘ ajratildi;
- Tibbiyot xodimlari ish haqining 1,5 baravarga oshirildi, tibbiyot markazlari sonining 18 taga ko‘payishi, hududlarda 310 ta maxsus bo‘limlarning tashkil etilishi, “tez tibbiy yordam” sonining 818 tadan 1666 taga ko‘paytirilishi;
- Xitoy bilan hamkorlikdagi vaksinaning ehtimoliy zararli ta’siri minimal ko‘rsatkich 0.8%ni tashkil etdi. Bu boshqa vaksinalarga qaraganda ancha kamroq natija;
- Ta’lim tizimining budjeti so‘nggi to‘rt yil ichida 3,3 baravarga oshirildi;
- 2021 yilda mamlakatimizda 10 ta Prezident maktabi va kimyo, biologiya, matematika va axborot texnologiyalari bo‘yicha 197 ta ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi;
- 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilarining ish haqi 1,5 baravarga ko‘paytiriladi. Ushbu maqsadlar uchun budjetdan 400 milliard so‘m ajratiladi;
- Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan umumiy mablag‘ 6,9 trln. so‘mni tashkil etdi. Qiyin turmush sharoitida yashayotgan 8 mingga yaqin kam ta’minlangan ayollar imtiyozli uy-joy bilan ta’minlandi.
Umuman olganda bunday muloqot va uchrashuvlarni boshqa komplekslar bo‘yicha ham o‘tkazilsa yaxshi bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi