23:25 / 04.03.2021
1 595

Namanganda 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Namanganda 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Namanganda soxta kupyuralarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «Zamon» dasturida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yil fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soxta pulni muomalaga chiqarish payida bo‘lgan fuqarolar aniqlandi.

Aniqlanishicha, Qirg‘iziston fuqarosi N.B. To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.S. bilan jinoiy til biriktirib, 100 AQSH dollari bo‘lgan jami 200 dona qalbaki kupyurani 9000 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Sud mazkur holat yuzasidan mavjud dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglab, N.B. va X.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 223-moddasi hamda 176-moddalari bilan aybdor deb topib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ish bo‘yicha daliliy ashyo tariqasida olingan qalbaki pullarni tegishli tartibda yo‘q qilish ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi