11:30 / 06.03.2021
1 913

Lizing asosida avtomashina va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi

Lizing asosida avtomashina va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi
Qumqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga lizing asosida avtomashina olib berishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam 2 marotaba firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Ch.O‘. chekka hududlarda istiqomat qiluvchi M.Ch. va boshqalarni o‘zining agrofirmasi borligiga ishontirib, ularga ushbu agrofirma orqali lizing asosida «Cobalt» rusumli avtotransport vositasini olib berishga va’da berib, 31,1 mln so‘m hamda 3 900 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ch.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lizing asosida avtomashina va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi