3 074
«Hisob so‘ralishini bilardingiz-ku, nega tayyorgarlik ko‘rib kelmadingiz?» - Qashqadaryolik bloger
Otabek Artikov. Foto: «Daryo»
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi bloger Otabek Artikov 2020 yil 25—26 dekabr kunlari viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev boshchiligida bo‘lib o‘tgan «Yoshlar festivali» haqida gapirib, xarajatlar hisoboti va festival paytida yoshlar ovqatlangan oshxona xarajati nega o‘z vaqtida to‘lab berilmagani bilan qiziqdi. Hokim o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev esa savolga aniq javob berolmadi, deya xabar berdi «Daryo».
Ma’lum bo‘lishicha, 5 mart kuni Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida agentlik direktori Alisher Sa’dullayev, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev hamda boshqarma boshlig‘i Shohjahon Omonovlar jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan.
Tadbirda so‘z olgan bloger — Otabek Artikov 2020 yil 25—26 dekabr kunlari viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev bosh-qosh bo‘lgan festivalning xarajatlari kim tomonidan qoplangani va xarajatlar summasi bilan qiziqqan.
«Festival yakunlangach festivalning ko‘ngildagidek o‘tmagani, yoshlar och qolgani haqida fikr bildirib, ko‘plab postlar qo‘yildi. Shuningdek, festival xarajatlari va kim tomonidan qoplangani ham jamoatchilikni qiziqtirdi. Biroq bu kabi savollarimiz hamon ochiq qolgan. Xo‘sh, festival xarajatlari qancha bo‘lgan va kim tomonidan qoplangan? Nega yoshlar ovqatlangan oshxona xarajatlari o‘z vaqtida to‘lab berilmagan», — deya savol berdi bloger.
Mazkur savolga javob bergan hokim o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev festival xarajatlari mahalliy hokimliklar va viloyat mahalliy budjetidan qoplanganini ma’lum qildi. Festivalning umumiy xarajati 117 million so‘m ekanligini aytgan o‘rinbosar qancha pul qayerga sarflanganini ayni paytda aytolmasligini bildirdi.
Mazkur vaziyatni kutmagan bloger Otabek Artikov hokim o‘rinbosariga yuzlanib, «matbuot anjumanida bu haqda so‘ralishini, savol bo‘lishini bilardingiz-ku, nega tayyorgarlik ko‘rib kelmadingiz? Axir bu savollarimizga uch oydan beri javob ololmayotganimizni ham bilardingiz», — dedi.
Rustam Yo‘ldoshev esa aniq xarajatlar yodidan chiqqanini bildirdi. Biroz vaqtdan so‘ng esa festivalning umumiy xarajati 110 million so‘mdan ortiq bo‘lganini, aniq xarajatlar hisoblanib, tez orada rasmiy tarzda ma’lum qilinishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida