22:07 / 06.03.2021
2 088

MIB: Xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi

MIB: Xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasida tadbir tashkil etildi. Unga boshqarma va shahar, tumanlar bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbir avvalida Majburiy ijro byurosi direktorining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda ta’kidlandiki, mamlakatimizda ham xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, turli sohalarda mehnat qilayotan aziz ayollarimizning o‘rni alohida ekanligi, yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari alohida e’tirof etildi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida ham xotin-qizlarning faoliyat ko‘rsatishining o‘zi qahramonlik va e’tirofga sazovorligi alohida ta’kidlandi.

Birgina, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlarda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, arxiv yo‘nalishlarida ham 30 nafardan ortiq fidoiy xotin-qizlar mehnat qilmoqda.

- Majburiy ijro byurosi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limida davlat ijrochisi lavozimida faoliyat olib boraman, - deydi Nilufar Tojiboyeva. - Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida olib borayotgan tadbirlarimiz natijasida ijobiy natijalarga erishyapmiz. Tashkil etilgan bayram tadbiri, sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan ehtirom yanada yangi marralar sari undaydi, albatta.

Tadbirda xotin-qizlarga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi