Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Andijonda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlari xandaq qazish jarayonida tuproq bosib qolgan fuqaroni qutqarib oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 6 mart kuni Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Shaharning Boburshoh ko‘chasida 25 yoshli erkak xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan yo‘l bo‘ylab xandaq qaziyotgan bo‘lgan. Xandaq yuzasiga to‘plangan tuproq ishchining ustiga tushib, bosib qolgan.
Holatga guvoh bo‘lganlar darhol Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilgan. Bir necha daqiqada yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari jabrlanuvchini qutqarib, shu vaqtda yetib kelgan tez yordam xodimlariga topshirgan.
Yengil jarohatlar olgan erkakka ko‘p o‘tmay kasalxonadan javob berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jizzaxda chuqurligi 19 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan 69 yoshli ayol qutqarib olindi

Toshkent viloyatida tuproq bosib qolgan qurilish ishchisi qutqarildi

Angrenda daryoga tushib ketgan otlar qutqarildi (foto)

Qashqadaryoda hojatxona qaziyotgan aka-ukalarni tuproq bosib qoldi

Zarafshonda 15 metr chuqurga tushib ketgan 3 yoshli qizcha qutqarib olindi (foto)

Daraxtga borib urilgan Nexiaʻda qisilib qolgan erkak qutqarib olindi (foto)