20:17 / 07.03.2021
2 736

Ayol

Ayol
Tun cho‘kib uxlasa butun bir borliq,
Bir sado keladi qadim-qadimdan.
Oymomo, yulduzlar bo‘ladi tortiq,
Ona alla aytsa suzib xordiqda.

Ayol kelajakni kuyga soladi,
Ayol belanchakni quchar mehrla.
Hayotni sevdirar, yurtni sevdirar,
Ko‘zyoshlar to‘kilib aytgan qo‘shiqda.

Uning allasidan mardlar ulg‘ayar,
Orlar ulg‘ayadi, norlar ulg‘ayar.
Zotlar ulg‘ayadi, shoxlar ulg‘ayar,
Yurtga aylanadi borlari bilan.

Singil bo‘lib mehr beradi ayol,
Opa bo‘lib sehr beradi ayol,
Sevgi bo‘lib nurga to‘ladi ayol,
Ona bo‘lib daryo bo‘ladi ayol.

Shu yurt tuprog‘ining gardi ham sensan,
Muhabbatning ulug‘ sharti ham sensan.
Vatan tug‘ini ham, ulug‘ini ham
Dunyoga keltirgan o‘zingsan Ayol!

Ayol ardoqlangan yurtda qadr bor,
Sabr-matonat bor, mehr bor, nur bor.
Baxtu saodat bor, muqaddas so‘z bor,
Hayotning mehvari o‘zingsan Ayol!

Muallif - Nargiza Kamalova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol