1 562
O‘zbekiston Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini o‘rganmoqda
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziriga yo‘llangan maktubini yetkazdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama kun tartibining muhim jihatlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mintaqaviy masalalarga, birinchi navbatda, Afg‘oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga yordam beradigan infratuzilma loyihalarini, jumladan, ular orasida eng muhimi Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘lini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida fikr almashildi.
Bu Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini beradi.Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi