17:45 / 11.03.2021
2 223

Korxona avtomashinalari nega xatlandi?

Korxona avtomashinalari nega xatlandi?
Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida 17.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi “GLOBAL INSURANSE GROUP”MCHJ foydasiga jami 552 317,8 ming sum qarz undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zhatish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Bundan tashqari, Qonunning 21,86-moddalariga asosan qarzdor “UTI PLOMB” MCHJning hisob raqamilariga band solingan va inkasso topshiriknomasi hizmat ko‘rsatuvchi bankga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida, tegishli organlarga Qonunning 21-moddasiga asosan so‘rov xatlari yuborilgan bo‘lib, olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorning nomida 3 ta avtotransport vositalari ya’ni, “Lacetti”, “Cobalt” va “Toyota Land Cruizer” avtomashinalari ro‘yxatga olinganligi aniqlangan va ushbu avtotransport vositalariga nisbatan band solingan va qidiruv e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro qilishlik uchun IIBB YHXB organlariga qaror nusxalari 18.01.2021 yil kuni ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Shuningdek, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamidan 24.02.2021 yil kuni pul 552 317,8 ming sum qarz pullari undirilib, undiruvchi “GLOBAL INSURANSE GROUP”MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Hozirda mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxona avtomashinalari nega xatlandi?