Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, 2021 yilning 1 mayidan:
- tijorat banklarga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq;
- davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida oldindan 15 foiz to‘lovni belgilashga doir talabi;
- qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab;
- notariuslar tomonidan shartnomalarni tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida axborot olish bo‘yicha talab bekor qilinadi.
Qayd etilishicha, jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olishga ham ruxsat beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi