20:27 / 12.03.2021
2 339

O‘zbekistonda pensiya tarqatish huquqi «Xalq banki»dan olib qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda pensiya tarqatish huquqi «Xalq banki»dan olib qo‘yilishi mumkin
Moliya vazirligi «Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiya va nafaqalarni to‘lash har uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, hujjat loyihasiga muvofiq, pensiya va nafaqalar yetkazilganligi uchun xizmat haqini to‘lash uchun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shimcha 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda olish yoki arzonroq xizmatdan foydalanish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ pensiya va nafaqa oluvchining ixtiyorida qoldiriladi.

Bundan tashqari, pensiya va nafaqa oluvchilarga O‘zbekiston hududida shaxsini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari qayd etilgan, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan bank kartasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud maxsus pensiya kartasi joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida pensiya va nafaqalarni to‘lash Prezidentning 2017 yil 13 martdagi PQ-2820-son qarori bilan 2017 yil 1 iyuldan boshlab faqat «Xalq banki» tomonidan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda pensiya tarqatish huquqi «Xalq banki»dan olib qo‘yilishi mumkin