2021 yilning 9 mart kuni soat 11:00larda, noma’lum shaxs Toshkent shahri Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan “Qatortol” savdo majmuasi oldida 40 yoshli Nargiza Yu.ning qo‘lida ushlab turgan, ichida 150 AQSH dollar va 3 000 000 so‘m pul mablag‘lari bo‘lgan qora rangli hamyonini talonchilik yo‘li bilan tortib olgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs hodisa joyidan qochib ketayotganida ushbu hududda xizmat olib borayotgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 34 yoshli Jamshid A. sodir etganligi aniqlanib, undan qora rangli hamyon ichidagi 150 AQSH dollar va 3 000 000 so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jamshid A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi