Eronlik qiz Kalashnikov avtomatini 21 soniyada qismlarga ajratib, qayta yig‘di (video)

Eronlik qiz Kalashnikov avtomatini 21 soniyada qismlarga ajratib, qayta yig‘di (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda eronlik yosh qizning Kalashnikov turidagi avtomatni qismlarga ajratib, qayta yig‘ish mahoratini namoyish etgan videosi tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, u bu ishni taxminan 21 soniyada bajargan. Bu haqda Arenora xabar berdi.

Videoda qiz avtomatni tezlik bilan qismlarga ajratib, so‘ng yana yig‘ayotgani aks etgan. Ayrim OAVlar ushbu lavhani «Janfada» («Eron uchun fidoyilik») kampaniyasi bilan bog‘lamoqda.

Mazkur kampaniya doirasida Eronda ko‘ngillilar, jumladan, ayollar uchun ham harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Mashg‘ulotlarda qurol bilan muomala qilish va favqulodda vaziyatlarga tayyor turish kabi ko‘nikmalar o‘rgatilayotgani xabar qilingan.

Biroq aynan ushbu videodagi qizning shaxsi, lavha qayerda va qachon suratga olingani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar