17:43 / 13.03.2021
2 240

Jozef Bayden O‘zbekiston xalqi va prezidentini tabrikladi

Jozef Bayden O‘zbekiston xalqi va prezidentini tabrikladi
AQSH Prezidenti Jozef Bayden Prezident Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi. Maktubda davlatimiz rahbari va O‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklar izhor etilgan.

«Hurmatli Prezident janoblari! Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tinch, baxtli va farovon bo‘lishini tilamoqchiman.

Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta’minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro‘z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne’mat ekanini eslatib turadi.

Joriy yilda O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening Administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Biz, shuningdek, besh yil avval Davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan «C5+1» muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz.

Sizga va O‘zbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Navro‘z muborak!
» – deyiladi Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Robinett Bayden tabrigida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jozef Bayden O‘zbekiston xalqi va prezidentini tabrikladi