19:46 / 13.03.2021
2 487

Turkiyaning yetakchi nashri: O‘zbekiston — ota yurtimiz, e’tiqodimiz beshigi

Turkiyaning yetakchi nashri: O‘zbekiston — ota yurtimiz, e’tiqodimiz beshigi
O‘zbekistonning turizm sohasidagi mavjud imkoniyatlari, shu jumladan, ziyorat turizmi salohiyatini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Xususan, Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida mamlakatimiz, shu jumladan, Buxoro viloyatining jozibadorligi haqida qator materiallar chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Turkiyaning markaziy nashrlaridan biri bo‘lgan “Turkıye” gazetasida “Gezi” («Kezish/sayohat qilish») rukni ostida O‘zbekistonga bag‘ishlangan «O‘zbekiston — ota yurtimiz, e’tiqodimiz beshigi» nomli maqola o‘quvchilar e’tiboriga havola qilindi.

Maqolani tayyorlash va chop etishda taniqli sharhlovchi Merem Aybuke Sinan faol ishtirok etdi. Ushbu materialda O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati keng yoritilgan, mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritilgan, bu borada batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan. Materialda Buxorodagi qadamjolar, xususan, yetti pir ziyoratgohlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola yurtimizdagi qadamjolarning rang barang fototasvirlari bilan bezatilgan.

Muallif mamlakatimizning Anqaradagi elchixonasi yordamida O‘zbekistonga amalga oshirgan sayohati haqida qiziqarli hikoya taqdim etgan. Jurnalist bir haftalik sayohat O‘zbekistonni kashf qilish uchun yetmasligini bildirib, yurtimizga takroran kelishini ta’kidlagan va o‘z vatandoshlarini ham ziyoratga chorlagan.

O‘zbekiston qadimdan boy ma’naviy-tarixiy merosi, rivojlanib borayotgan turizm salohiyati xorijdagi mamlakatlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, Turkiyada O‘zbekistonga bo‘lgan e’tibor butunlay boshqacha, deyish mumkin. Xususan, Yevropa va boshqa qit’alar aholisi uchun mamlakat Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi sifatida tanish bo‘lsa, Turkiyada bunga qo‘shimcha tarzda O‘zbekiston qadim turkiy xalqlar yashagan diyor, ya’ni ota yurt, hamda tasavvuf, moturudiylik, naqshbandiylik asoschilari, e’tiqod ustunlari yashab, ijod qilgan ziyoratgoh sifatida ham ma’lum va mashhurdir, deb ta’kidlanadi maqolada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyaning yetakchi nashri: O‘zbekiston — ota yurtimiz, e’tiqodimiz beshigi