
Foto: YHXBB
Namangan shahri Davlatobod tumanida Nexia-2 avtomobili yonib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 13 mart kuni soat 18:30 larda Namangan shahar Davlatobod tumani Islom Karimov ko‘chasida, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan F.I. boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobilida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘inga aylangan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni yo‘l chetida to‘xtatgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilning salon qismi yong‘indan zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Namangan shahar Ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi YHXB va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar