10:05 / 14.03.2021
1 789

Toshkentda Nikolay II davriga tegishli tangalarning olib chiqib ketilishining oldi olindi

Toshkentda Nikolay II davriga tegishli tangalarning olib chiqib ketilishining oldi olindi
Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari Nikolay II davriga tegishli Rossiya imperiyasining qadimiy oltin tangalarini noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketilishining oldini oldi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, bojxona nazorati paytida chet elga uchib ketayotgan yo‘lovchilardan birining buyumlari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan to‘rtta tanga topilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tangalarning umumiy qiymati 25 million so‘mni tashkil etagan.
Aniqlangan fakt bo‘yicha, bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida ta’kidlanishicha, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga binoan, 50 va undan ortiq yil oldin yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekistondan olib chiqib ketilishi taqiqlanadi. Vaqtinchalik olib chiqib ketish faqat Madaniyat vazirligining maxsus sertifikati bilan amalga oshirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Nikolay II davriga tegishli tangalarning olib chiqib ketilishining oldi olindi