11:00 / 16.03.2021
2 797

O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi

O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi
O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi savdolariga 24 914 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan va ulardan 12 471,03 tonnasi, ya’ni 50,0 foizi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 38 xaridor ishtirok etdi, deb xabar beradi «Xalq so‘zi Online».

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 246,3 ming so‘mdan 6 159,6 ming so‘mgacha yoki 1,4 foizga pasaygan.

«Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 234,5 ming so‘mni, Ai-91 esa 7 917,0 ming so‘mni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng 1 maydan dizel yoqilg‘isi narxi 500 so‘mga pasayib, 6500 so‘m qilib belgilangan. 3 maydan boshlab esa Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshlagan.

2020 yilning dekabrida mazkur markadagi benzinning o‘rtacha boshlang‘ich narxi 2,6 foizga ko‘tarilgandi. 2021 yilning yanvar oxirlarida Ai-80 benzini narxi 110 so‘mga qimmatlashishi mumkinligi xabar qilingan. Fevral oxiridagi birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi qariyb 5 foizga oshgan, 9 mart kuni esa 2 foizga pastlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi