Sekin harakatlanuvchi odamlarda COVID-19dan o‘lim ehtimoli qariyb to‘rt baravar yuqori bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda The Daily Mail nashrida e’lon qilingan Lester universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib RIA novosti xabar qildi.
Tadqiqot mualliflari Buyuk Britaniyaning 40 dan 69 yoshgacha bo‘lgan yarim million fuqarosining tibbiy va genetik ma’lumotlari bazasidan 412 mingdan ortiq odamlardagi COVID-19 kasalligi tezligi ko‘rsatkichlarini tahlil qildilar.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sekin harakatlanuvchi odamlarda koronavirusdan o‘lim holati 3,75 barobar tez. Bundan tashqari, sekin harakatlanuvchi normal vaznga ega odamlarda COVID-19 kasalligi xavfi og‘ir ortiqcha vaznga ega, ammo tez yuradigan odamlarga qaraganda 2,5 baravar yuqori.
Olimlarning fikriga ko‘ra, yurish tezligi yuqori bo‘lgan odamlar sog‘lom yurak-qon tomir tizimiga ega, bu kasallikning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq, natijalar borasida taxminlarimiz qat’iy emas, deya tan olishgan tadqiqotchilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi