2021 yilning 14 mart kuni soat 16:08 larda 45 yoshli Bahodir U. va 51 yoshli Rovshan Q.lar Olmazor tumanida joylashgan «Akfa Medline» shifoxonasida o‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan qo‘riqchi 27 yoshli A’zam A.ni haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazishgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Bahodir U. va Rovshan Q.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida, Bahodir U. mazkur shifoxonada davolanayotganligi, Rovshan Q. uni ko‘rish maqsadida kelib, shifoxona ichki tartib qoidalariga ko‘ra mumkin bo‘lmasa-da, bemor xonasiga kirishini talab qilib, qo‘riqchiga qarshilik ko‘rsatib, bemor xonasiga kirib, oradan bir soatdan so‘ng Bahodir U. va Rovshan Q. lar tashqariga chiqib, qo‘riqchiga «qo‘lingdan nima keldi» deb mazax qilganliklari tufayli, ushbu janjal kelib chiqqanligi aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi