1,5 mlrd. so‘mlik tovarlarga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi

1,5 mlrd. so‘mlik tovarlarga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi
Ayrim shaxslar tomonidan respublikamiz hududiga turli qing‘ir yo‘llar orqali tovar-moddiy boyliklarni yuk hujjatlarida ko‘rsatmagan holda olib kirishga bo‘lgan urinishlarga bojxona organlari o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan 6 dona “sanoat konditsioneri” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida qiymati 1 mlrd. 500 mln.so‘mlik 6 dona konditsionerlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tovarlarga 174 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari to‘lanishi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar