Bugun prokuratura organlarida uzoq yildan beri samarali xizmat qilgan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori Olimjon Rahmonovni 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tantanali ravishda nafaqaga kuzatish marosimi tashkil etildi.
Byuroning viloyat boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Dilmurod Umaraliyev Olimjon Rahmonovga yo‘llangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Byuro direktorining tabriklarini o‘qib eshittirdi.
Marosimda uning xizmatdagi faoliyati, erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Shundan so‘ng, faxriy xodimga hurmat-izzat ko‘rsatilib, Byuroning va viloyat boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi. Milliy qadriyatlarimizga ko‘ra zarbop to‘n kiygizildi.
Tadbir davomida soha faxriylari va xodimlar so‘zga chiqib, Olimjon Rahmonovning Departament va Byuro faoliyatidagi tajribalari, erishgan yutuqlari va soha rivoji yo‘lidagi zahmatli mehnati e’tirof etildi.
O‘z o‘rnida faxriy xodim ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ibratli yo‘li haqida so‘zlab, kelgusi faoliyatga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi