18:58 / 18.03.2021
2 543

MIB: Byuroning fidoiy xodimi nafaqaga kuzatildi

MIB: Byuroning fidoiy xodimi nafaqaga kuzatildi
Bugun prokuratura organlarida uzoq yildan beri samarali xizmat qilgan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori Olimjon Rahmonovni 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tantanali ravishda nafaqaga kuzatish marosimi tashkil etildi.

Byuroning viloyat boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Dilmurod Umaraliyev Olimjon Rahmonovga yo‘llangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Byuro direktorining tabriklarini o‘qib eshittirdi.

Marosimda uning xizmatdagi faoliyati, erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Shundan so‘ng, faxriy xodimga hurmat-izzat ko‘rsatilib, Byuroning va viloyat boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi. Milliy qadriyatlarimizga ko‘ra zarbop to‘n kiygizildi.

Tadbir davomida soha faxriylari va xodimlar so‘zga chiqib, Olimjon Rahmonovning Departament va Byuro faoliyatidagi tajribalari, erishgan yutuqlari va soha rivoji yo‘lidagi zahmatli mehnati e’tirof etildi.

O‘z o‘rnida faxriy xodim ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ibratli yo‘li haqida so‘zlab, kelgusi faoliyatga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Byuroning fidoiy xodimi nafaqaga kuzatildi