Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida to‘xtab qolgan poyezd ortdan kelgan ikkinchi poyezd urilib ketgani, metrodagi yo‘lovchilar asabiy holatga tushgani aks etgan videolar tarqaldi. Hodisa yuzasidan FVV rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 18 mart kuni taxminan soat 20:10larda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «Olmozor» yer osti metro bekatidan «Sirg‘ali» metro yo‘nalishining «Choshtepa» yer usti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat yo‘nalish tarkib(sostav)ning texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qolishi natijasida ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan navbatdagi yo‘nalish tarkib(sostav)i to‘xtab turgan vagonga borib yengil urilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vagonlarga ham katta zarar yetmagan.
Shu bilan birga, «Sirg‘ali» metro yo‘nalishining voqea sodir bo‘lgan qismida harakat vaqtincha to‘xtatilganligi bois, qolgan tarkib(sostav)larning harakati qo‘shimcha (yordamchi) yo‘nalish bo‘yicha davom ettirilgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda harakatlar to‘liq qayta yo‘lga qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi