Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
18 mart kuni Farg‘ona viloyati hokimligining «Qabullar uyi»da viloyatga tashrif buyurgan Qirg‘izistonning Norin viloyati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev boshchiligidagi ikki viloyat vakillari kengaytirilgan uchrashuvining kun tartibini belgilovchi asosiy omil Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan hududlararo hamkorlikni yana faollashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda tashrif doirasida imzolangan Farg‘ona va Norin viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha shartnoma asosida «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish masalasi bo‘ldi.
Ikki viloyat rahbarlarining o‘rinbosarlari, tuman va shaharlari hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari ham ishtirok etgan uchrashuvda logistika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, qurilish, savdo-sotiq sohalarida hamkorlik o‘rnatish, o‘zaro savdo aylanmasini sezilarli oshirish, shuningdek ijtimoiy sohada aloqalarni kengaytirish masalalari keng muhokama qilindi.
Uchrashuv va muhokamalar natijasida ikki viloyatning tuman va shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish bo‘yicha ham kelishib olingan. Bunda Marg‘ilon va Norin shaharlari, Quvasoy shahri va Ak-talaa tumani, Farg‘ona va Atbashi, Toshloq va Jumgal, Quva va Norin, Oltiariq va Qochkor tumanlari o‘z iqtisodiy ixtisoslashuvidan kelib chiqib o‘zaro amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishadi.
Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimligi «Qabullar uyi» hududida qirg‘iz o‘tovi o‘rnatildi. Bu jarayonda ikki viloyat rahbarlari ham ishtirok etdilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”