1 865
Shavkat Mirziyoyev: «Bitta qaror bilan 6,5 million terimchini majburiy mehnatdan ozod qildik»
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari paxta terimi bilan bog‘liq majburiy mehnatga barham berish qarori haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda.
— Biz yuz yil egilib paxta ekdik va paxta terdik. To‘rt yil oldin bitta qaror bilan 6,5 million terimchini majburiy mehnatdan ozod qildik. Ammo hozir buni hamma ham eslamayapti.
Avvallari o‘quvchilarni ham paxta terimiga olib chiqardik, talabalarni ham. Birgina qaror bilan hamma muammoni bartaraf etdik.
Albatta, bu tadbir o‘z-o‘zidan bo‘lib qolgani yo‘q. Odamlar unutib yubordi, ammo o‘sha tashabbus tarixiy bo‘lgandi. Qaror qabul qilayotganimda atrofdagilar «paxtani kim teradi?» deb hayron bo‘lgandi. «Manfaat teradi, agar ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, kerak odam terib oladi», deb javob bergandim.
Klasterlar tizimi tufayli paxta terimi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi, — dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi