11:38 / 20.03.2021
1 640

SSV statistikasida bemorlar soni oshib bormoqda

SSV statistikasida bemorlar soni oshib bormoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi 2021 yil 19 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126 nafarga oshganini ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 1 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 106 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizdan 98 foizga tushgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlardan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » SSV statistikasida bemorlar soni oshib bormoqda