12:37 / 21.03.2021
2 627

10 ta sabab: qahvaning salomatlik uchun foydasi

10 ta sabab: qahvaning salomatlik uchun foydasi
Qahvaning organizm uchun foyda keltiradigan o‘nta xususiyati ro‘yxatini taqdim etamiz.

Qahvani yaxshi ko‘rasizmi?
Ishonchimiz komilki, aksariyat o‘quvchilarimiz bu savolga tasdiq javobini beradi. Agar qahva ajoyib ta’m va unutilmas ifordan tashqari yana organizm uchun ko‘plab foydali xususiyatlarga ega ekanligini bilsangiz, uni yanada kuchliroq yoqtirib qolasiz.

Qandaydir sabablarga ko‘ra, qahva qadimdan salomatlik uchun u qadar foydali bo‘lmagan mahsulotlar qatoridan o‘rin olgan. Ushbu asl ichimlik turli xastaliklarga sababchi sifatida ko‘rsatilgan! Qon bosimi muammolari, oshqozon-ichak yo‘liga nojo‘ya ta’sir, hattoki saraton kasalliklari uchun qulay sharoit yaratib berilishi, shular jumlasidandir.

Biroq, aslida bu ma’lumotlar xato hisoblanadi. Milliy saraton instituti tomonidan o‘n uch yil davomida 402 260 nafar inson salomatligi ustida olib borilgan kuzatishlarga oid tadqiqotlar 17 mayda New England Journal of Medicine nashrida chop etilgan bo‘lib, unga ko‘ra sadoqatli qahva sevuvchilarda o‘z vaqtidan avval vafot etish havfi 16 foizga kamroq uchraydi.

Ushbu xulosalarni tsdiqlash maqsadida qahvaning organizm uchun foyda keltiradigan o‘nta xususiyati ro‘yhatini taqdim etamiz. Faqat unutmang, har qanday mahsulotni ortiqcha iste’mol qilish havfli hisoblanadi. Shuningdek, qahvangizdagi shakar va sut mazkur ajoyib ichimlikning foydasini mutlaqo yo‘qotishi mukinligini yodda tuting.

1. O‘t-tosh kasalligining oldini oladi
2002 yilda Garvard tadqiqotchilari kuniga kamida to‘rt finjon qahva ichadigan ayollarning o‘t qopida toshlar paydo bo‘lishi havfi 25 foizga pastroq ekanligini aniqladilar. Avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotlar erkaklar uchun ham huddi shunday natijalarni ko‘rsatgan.

2. Tushkunlikning oldini oladi
Har kuni ikki-uch finjon qahva ichgan ayollarda tushkunlik holati rivojlanishiga moyillik 15 foizga kamroq bo‘lgan. To‘rt va undan ko‘proq finjon qahva ichadiganlarda esa bu ko‘rsatkich 20 foizga yetadi. Bu haqida 2011 yilda Archive of Internal Medicine hisobotida aytilgan.

3. Xotirani yaxshilaydi
Qahva ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli xotirani yaxshilashga yordam beradi. 2005 yilda Radiological Society of North America tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlanishicha, ikki finjon kofeinli qahva iste’moli qisqa muddatli xotira va ta’sirchanlik tezligini yaxshilaydi. Olimlar allaqachon qahva Alsgeymer xastaligi yuzaga kelishi havfini kamaytirishini sezgan bo‘lsalar-da, University of South Florida tadqiqotchilari faqat 2011 yildagina bu aloqani izohlashga muvaffaq bo‘ldilar. Ular GCSF yoki Alsgeymer xastaligida kamayib, xotira bilan bog‘liq muammolarning sababi hisoblanadigan granulotsitar kolonial rag‘batlantirish omilini oshirish uchun kuniga 4-5 finjon qahva ichishni tavsiya qiladilar.

4. Qand kasalligi havfini kamaytiradi
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qahva iste’mol qiluvchi odamlar 2-turdagi qandli diabet kasalligi bilan og‘rishga kamroq moyil bo‘ladi, zero kasallanish ehtimoli 50 va undan ortiq foizga pasayadi. 2012 yilning yanvar oyida Journal of Agricultural & Food Chemistry nashrida chop etilgan maqola buning sababini tushuntirib beradi. Xususan, qahva tarkibidagi o‘ziga xos moddalar oqsil tolalari yemirilishiga olib keladigan polipeptid – hIAPPni bloklaydi.

5. Saratonga duchor bo‘lish xavfini kamaytiradi
Bugungi kunda qahva iste’moli sut bezi saratonining yuzaga kelishi havfini kamaytirishi isbotlangan. 2011 yilda o‘tkazilgan Breast Cancer Research tadqiqotida muntazam ravishda qahva ichuvchilarda ushbu saraton turi bilan xastalanishning 20 foizlik pasayishi aniqlangan. Shunga o‘hshash natijalar erkaklardagi prostata saratoni bo‘yicha ham olingan.

6. Metabolizmni me’yorlashtiradi
Qahva vazningizni me’yorida ushlab turishga, ba’zida esa ortiqcha kilogrammlardan halos bo‘lishga yordam beradi. Qahva tarkibidagi kofein moddalar almashuvini tezlashtiradi, xlorogen kislotasi esa glyukoza so‘rilishini kamaytiradi.

7. Parkinson xastaligi xavfini kamaytiradi
Journal of the American Medical Association nashri tomonidan 2000 yilda chop etilgan tadqiqot natijalarida kofein Parkinson xastaligining yuzaga kelishi havfini kamaytirishi isbotlanadi. 2010 yilda olimlar buni tasdiqlab, kuniga ikki va uch finjon qahva iste’mol qilinishi kasallik rivojlanishi ehtimolini 25 foizga pasaytirishini aniqladilar.

8. Antioksidant xususiyatga ega
Garvard universiteti tadqiqotchisi Edward Giovannucci o‘zining Cancer Epidemiology, Biomarkers & Prevention nomli tadqiqotida qayd etishicha, qahvada aksariyat meva va sabzavotlarga nisbatan ko‘proq antioksidantlar mavjud. 2005 yilda yana bir tadqiqot qahva amerikaliklar parhezidagi antioksidantlarning asosiy manbai ekanligini ko‘rsatib berdi.

9. Unumdorlikni oshiradi
Barchamizga bir finjon tetiklantiruvchi qahvaning quvvat berish xususiyati ma’lum. Kofein qisqa muddatga energiya oqimi, chidamlilik, diqqat va ta’sirchanlikni oshiradi. Bu holatlar muhim vazifani bajarishda qo‘l kelishi mumkin.

[b]10. Podagraning oldini oladi /b]
2007 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, qahvani muntazam iste’mol qilish podagra hamda peshob kislotasi miqdorining ortishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarning yuzaga kelishi havfini bir muncha kamaytiradi. Aytish kerakki, ijobiy ta’sir ham oddiy, ham kofeinsix qahva iste’molida birdek kuzatilgan.

Manba: lifehaq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 10 ta sabab: qahvaning salomatlik uchun foydasi