
Urganch shahridagi kafe oldida yarim-yalang‘och kiyingan xotin-qizlar sumalak pishirayotgani bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy munosabat berildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
2021 yilning 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi «Saxara» kafesi oldida shu kafeda ishlovchi bir guruh xotin-qizlar yarim-yalong‘och kiyingan holda sumalak pishirayotganliklari aks etgan video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilingan ushbu videolavhada aks etgan holat yuzasidan hozirgi kunda Urganch shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Surishtiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar