00:30 / 25.03.2021
2 117

Tanzila Norboyeva: «Jazolar yengil, shu sababli jinoyatlar ortmoqda»

Tanzila Norboyeva: «Jazolar yengil, shu sababli jinoyatlar ortmoqda»
Foto: nova24.uz
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 24 mart kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Repost.

Ma’lum qilinishicha, shu kungacha ko‘rilgan choralar natijasida odam savdosiga bog‘liq 93 ta jinoyat qayd etilgan. Ularning 51 tasi — jinsiy foydalanish, 3 tasi — mehnatda foydalanish, 39 tasi chaqaloqlar savdosiga bog‘liq jinoyatlar.

«Yengil jazolarni qo‘llash — bu tushunarsiz vaziyat, ayniqsa, odam savdosi bilan shug‘ullanayotganlarga nisbatan. Bir necha yil oldin mashina o‘g‘rilari keskin kamaydi, bunga avtomobil o‘g‘irlash bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlarga qattiq jazolar joriy etilgani sabab bo‘lgan. Chaqaloq savdosi avtomobil savdosidan og‘irroq jinoyat bo‘lsa kerak?! Odam savdosiga bog‘liq aybdorlarning barchasini jinoiy javobgarlikka tortish kerak», — deydi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilda odam savdosi bilan bog‘liq 1029 ta murojaatdan 93 tasiga (9 foiz) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va 129 huquqbuzarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar 2019 yilga nisbatan pasaygan.

Shu bilan birga, 2020 yilda voyaga yetmaganlardan tijorat maqsadlarida shaxsiy foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar soni 2019 yilga nisbatan 6 baravar oshgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2018 yilda odam savdosi jinoyatlari ichida chaqaloq savdosining ulushi 38 foizni, 2019 yilda esa 44 foizni tashkil qilgan. 2017—2020 yillarda chaqaloq savdosi bilan bog‘liq 185 ta holat aniqlangan. Tahlillarga ko‘ra, o‘z chaqalog‘ini sotgan ayollarning 31 foizi og‘ir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli, 17 foizi homilani yashirish, 52 foizi esa moddiy manfaat topish maqsadida ushbu jinoyatlarni sodir etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanzila Norboyeva: «Jazolar yengil, shu sababli jinoyatlar ortmoqda»