2 033
Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi
Foto: «Vaqf» xayriya jamoat fondi matbuot xizmati
23 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasida ishonchli hamkorlik va do‘stona munosabat o‘rnatilgan bo‘lib, ikki davlat orasida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Saudiya Arabistonining «Podshoh Salmon» nomidagi insonparvarlik yordami markazi kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan, mamlakatga beg‘araz ko‘mak sifatida 50 tonna xurmo sovg‘a qilgan. Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Hishom ibn Mish’al ibn Suvaylim O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topshirgan.
Foto: «Vaqf» xayriya jamoat fondi matbuot xizmati
Mazkur xurmolar «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi